Bahrin (lochin)
Bahrin, tundra lochini, oq yuz lochin (Falco peregrinus leuco-genys) – lochinlar kenja turidan biri. Yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub. Sharqiy yarim shardagi tundrada va Shimoliy Muz okeanidagi orollarda uya quradi. Qishlash uchun janubiga uchib ketadi. Oʻzbekistonda Toshkent vohasi va Fargʻona vodiysida bahor va kuzda (uchib oʻtayotganda), baʼzan qishda ham uchraydi. Dare qirgʻoqlarining baland joylariga uya kurib, mayning oxiri va iyunning boshida bola ochadi. Qushlarni tutib yeydi. Tundra sharoitida baʼzan kemiruvchilar bilan ham oziqlanadi. Ovchilar bahrinni qoʻlta oʻrgatib, qush ovlashga olib chiqishadi. Bir qator mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |