Bahrombek Abdugʻafurov
Bahrombek Abdugʻafurov — (?—1922) — Samarqand qoʻrboshilarning yetakchisi. Bahrombek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi.
Bahrombek qoʻrboshi | |
---|---|
Bahrombek Abdugʻafurov | |
Samarqand qoʻrboshilarning yetakchisi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Fargʻona |
Vafoti | 1922-yil |
Tarjimayi holi
tahrirBahrombek qoʻrboshi Samarqand shahridan 4 km uzoqlikda joylashgan Dashtak dahasining Denov qishlogʻida Abdugʻaffor qassob oilasida dunyoga kelgan. Kelib chiqishi turkiy bahrin urugʻidan boʻlgan. Ular oilada uch aka-uka boʻlib, Bahrom, Bayon, Shahriyor boʻlishgan. XX asr boshlarida Bahrombek Hamroqulbek Samarqand yaqinidagi Rajabamin qishlogʻida Abdulqodir Shakuriy ochgan Samarqanddagi dastlabki maktabda tahsil olishgan. Bahrombek jadid gʻoyalarining tarafdori boʻlib, Turkiston ozodligi uchun faol kurashgan[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
tahrirBahrombek 1917-yil fevralda tashkil etilgan „Shoʻroyi Islomiya“ tashkilotining faollaridan biri boʻlgan. U maʼlum muddat Buxoro amirligidagi Shahrisabz bekligida yashagach, 1920-yil Samarqandda qaytib, Dovul, Chashmayiob, Qoratepa va Urgut togʻlarida yashirinib yurib, 150-160 kishilik qurolli guruhni vujudga keltirgan. Bahrombek rus tilini yaxshi bilgan. M. Oʻrunxoʻjayev maʼlumotlariga koʻra, Bahrombek Samarqand atrofidagi Xoʻjaahror volostining Dashtisuxta qishlogʻini oʻz qarorgohiga aylantirgan. Anvar Poshsho Bahrombekka Samarqand viloyati islom lashkarlari boshligʻining oʻrinbosari Bahrobek Gʻozi ibn Abdugʻaffor degan unvonini bergan. Turkistondagi boy va burjua millatchilari Bahrombekni qurollantiradi va ularga butun choralar bilan madat berib turadilar. Oq gvardiyachi Visovskiy Bahrombekni oʻq-dori va qurol-yarogʻ bilan taʼminlaydi. Qoʻrboshilar Samarqanddagi muqaddas joylar Shohizinda, Xoʻjaahror va Hazrati Hizir masjidi qabristonlariga qurol-aslahalarni joylashtirgan. 1922-yil yozida Bahrombek va Turkiston bolsheviklari vakili Nazir Toʻraqulov va boshqalar oʻrtasida shartnoma imzolanadi. Makur muzokaraga Shakuriy domla vositachilik qilgan. Sharnomaga koʻra Bahrombek va uning 200 nafar safdoshlari sovet hokimiyati tomonga oʻtadi. Ammo sulhdan keyin Bahrombek qamoqqa tashlangan va otuvga hukm qilingan. Turkiston milliy rahbarlari Bahrombekni ushbu xavfdan ogohlantirishadi. Bolsheviklar bu bilan cheralanmasdan josuslar yordamida Bahrombek va uning ukasi Shahriyor qoʻrboshi qoʻlga olinadi va Samarqadda otib tashlanadi[2].