Bai Jiajun
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 20-mart 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Shanghai, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.66 m (5 ft 5 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shanghai Shenhua | ||
Raqami | 23 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2006 | Genbao Football Academy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2012 | Shanghai East Asia | 90 | (1) |
2012 | → Shanghai Shenhua (ljara) | 12 | (1) |
2013- | Shanghai Shenhua | 157 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2005—2006 | Xitoy U-17 | ||
2010 | Xitoy U-20 | ||
2012 | Xitoy U-22 | 5 | (0) |
2017- | Xitoy | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (10-noyabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-yanvar 2017-yil uchun) |
Bai Jiajun (1991-yil 20-martda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
tahrirShanghaida tugʻilgan Bai 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyaning bosh murabbiyi Xu Genbao uni kelajak porloq futbolchi sifatida oʻzi uchun kashf etgan. Bai 2007-yilda Xitoyning Ikkinchi liga jamoasi Shanghai East Asia jamoasiga qoʻshilgan. 2008-yil 31-oktyabrda u oʻzining birinchi golini „Jiangsu Sainty“ga qarshi safarda kiritgan.
2012-yilning 4-iyulida Bai Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga 4 oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. U Superligadagi debyutini 14-iyul kuni oʻz maydonida „Beijing Guoan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. Shundan soʻng u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va chap qanot himoyachisiga aylangan. Uning Superligadagi birinchi goli 15-sentabr kuni „Liaoning Whowin“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bai 2013-yil fevral oyida Shanghai Shenhuaga doimiy transfer qilingan. U 2017-yilning 19-noyabrida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan[1]. 2019-yil 7-mart kuni Bay Shanghai derbisida „Shanghai SIPG“ futbolchisi Oskarning boshiga tirsagi bilan zarba bergani uchun beshta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan[2][3].
Xalqaro faoliyati
tahrirBai Xitoy U-17 terma jamoasiga ilk bor 2005-yilda chaqirilgan. U 2006-yil sentyabr oyida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmagan. 2010-yil yanvar oyida Bai Su Maozhen tomonidan Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bai 2012-yil aprel oyida Xitoy U-22 terma jamoasidan chaqiruv olgan va 2012-yil iyun oyida Laos davlatida oʻtkaziladigan 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibga kiritilgan.
2017-yilning 10-yanvarida Bai Xitoy milliy terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida debyut qilgan va 65-daqiqada Deng Xanven oʻrniga maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shanghai East Asia | 2007 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 0 | - | - | - | 0 | |||||
2008 | Xitoy Birinchi Ligasi | 20 | 1 | - | - | - | 20 | 1 | ||||
2009 | 21 | 0 | - | - | - | 21 | 0 | |||||
2010 | 14 | 0 | - | - | - | 14 | 0 | |||||
2011 | 23 | 0 | 2 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||||
2012 | 12 | 0 | 0 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||||
Jami | 90 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 92 | 1 | ||
Shanghai Shenhua (Ijara) | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 12 | 1 | 1 | 0 | - | - | 13 | 1 | ||
Shanghai Shenhua | 2013 | 23 | 0 | 0 | 0 | - | - | 23 | 0 | |||
2014 | 21 | 0 | 4 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||||
2015 | 26 | 1 | 7 | 0 | - | - | 33 | 1 | ||||
2016 | 26 | 0 | 3 | 0 | - | - | 29 | 0 | ||||
2017 | 15 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 19 | 1 | |||
2018 | 25 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 28 | 0 | ||
2019 | 15 | 0 | 2 | 0 | - | - | 17 | 0 | ||||
2020 | 6 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | |||
Jami | 157 | 2 | 19 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 181 | 2 | ||
Karyerada jami | 259 | 4 | 22 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 286 | 4 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirShanghai Shenhua
Manbalar
tahrir- ↑ „足协杯决赛前定军心 申花官方宣布与四将续约5年“. Sina (19-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
- ↑ „足协公布罚单:柏佳骏肘击禁赛5场 孙世林禁赛4场“. Sina (7-mart 2019-yil). Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „足协杯-马丁斯轰世界波 申花总分3-3上港夺冠“. sports.sina.com.cn (26-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 16-avgust 2019-yil.
- ↑ „申花打破足协杯先主后客夺冠魔咒 并终结尴尬纪录“. sports.sina.com.cn (6-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2019-yil.