Baiba Bendika
Baiba Bendika (27-iyun, 1991-yil; Cēsis, Latviya) — latviyalik biatlonchi va changʻichi. Latviya ayollar biatloni tarixida ilk Yevropa chempioni (2021-yilda).
Baiba Bendika | |
---|---|
Bendika 2017-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Latviya |
Tavallud sanasi |
1991-yil 27-iyun(33 yosh) Cēsis, Latviya |
Boʻyi | 1,55 m |
Veb-sayti | baibabendika.com |
Sport | |
Mamlakat | Latviya |
Qaysi sport | Biatlon, changʻi sporti |
Murabbiy(lar)i |
Yuris Stipnieks Valdis Berzins Ilmars Bricis Vitaliy Urbanovich |
Faoliyati
tahrir4 yoshidan changʻi uchish va futbol bilan shugʻullangan. 2000-yilda biatlon boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan. Bendikaning birinchi murabbiyi Yuris Stipnieks boʻlgan. Keyinchalik Valdis Berzins murabbiyligida mashgʻulot olib borgan. Rozul boshlangʻich maktabi, Cesis davlat gimnaziyasi va Vidzeme oliy oʻquv yurtini tamomlagan. Hozirda Ilmars Bricis va Vitaliy Urbanovich murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazmoqda[1]. 2011-yilgi jahon chempionatida terma jamoa safida debyut qilgan.
Avvaliga Bendika kamtarona natijalar koʻrsatgan. Har safar ham jahon chempionatiga chiqa olavermagan. 2012-yilda Germaniyaning Ruhpolding shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut qilgan. Ammo yaxshi natija qayd eta olmagan. Jadvalda birinchi yuztalikning soʻnggi qismlaridan joy olgan. 2015—2016-yilgi mavsumga kelib Baibaning natijalarida keskin oʻsish kuzatilgan. Miltiqdan oʻq otish jarayonidagi tezligi va aniqligi sababli yaxshi natijalarga erisha olgan[2] Kanadaning Canmore shahrida boʻlib oʻtgan jahon kubogi bosqichida sportchi nafaqat oʻzining saralashdagi dastlabki ochkolarini qoʻlga kiritgan, balki sprintda kuchli beshlikka kira olgan[3]. Bu natija bilan Bendika biatlon boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida Avstriya tarixidagi eng yaxshi natijani koʻrsatgan sportchiga aylangan. Keyinchalik biatlonchi Amerikaning Presque Isle shahrida boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikki marta kuchli yigirmatalikka kirgan.
2018—2019-yilgi mavsumda umumjamoa hisobida 47-oʻrinni egallagan. Va bu koʻrsatkich toʻrt mavsum ichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Baiba Bendika eng yaxshi natijasiga Pokljukada 15 km masofaga ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan individual musobaqada erishgan. Mazkur musobaqada beshinchi oʻrinni egallagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Baiba Bendika. Vai sensacionāla?“. 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
- ↑ „«Я рождена для биатлона». Новые люди и новые страны в лидерах мирового биатлона“. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
- ↑ „Результаты женского спринта в Кэнморе“. 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.