Bak (musiqiy asbob)

Koreys musiqiy asbobi

Bak (hangul: 박; hanja: 拍) — koreys saroyida va marosimlarida ijro etiluvchi musiqalarda qoʻllanadigan, yogʻochdan yasalgan, qarsak tovushini chiqarishga xizmat qiluvchi musiqiy asbob turi[1]. Bakni oʻynagan/chalgan/ijro etuvchi odam jipbak deb ataladi. Ushbu ijrochi guruh uchun dirijor yoki musiqiy nazoratchi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa qachon boshlanganini bildirish uchun qarsak chalish kerak boʻlsa, bak qarsak chalish paytida yuzaga keluvchi tovushni yaratish uchun qoʻllanadi[1].

Bak
Turi

Idiofon
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi 111.12
(Plaque clappers (To'qasimon qarsaklar))
Ishlab chiqargan Koreya

Oltita uzun va tor taxtaning ustki qismi ip bilan bogʻlangan, pastki qismi esa ikki qoʻl bilan ochiq tutilgan. Ushbu tuzilish orqali tiniq zarba tovushini hosil qiladi[2].

Munmyo ziyoratgohidagi Konfutsiy marosimi, Sungkyunkwan seowon

Tuzilishi

tahrir

Bak, taxminan 13 1/2 dyuym x 2 3/4 dyuym boʻlgan 6 ta tekis yogʻoch taxtalardan yasalgan. Plitalar bir uchidan ip yoki shnur bilan bogʻlangan boʻlib, ular yoyilganda fan shaklini hosil qiladi[3].

Ahamiyati

tahrir

Koreys xalqi musiqiy madaniyatida ahamiyati yuqori boʻlgan ushbu musiqiy asbob Unified Silla davridan beri foydalanib kelinayotgaligi haqida qaydlar mavjud hamda ushbu instrument musiqa va raqs boshlanishi haqida maʼlumot berish/koʻrsatma berish uchun dirijyorlik qilish maqsadida ishlatilinadi[4]. Guruhni olib borish uchun jipbak bakdan foydalanadi, xuddi dirijyor tayoqchani ishlatadi. Musiqa uch marta qarsak chalish bilan boshlangan va tugashi va sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻlganda bak musiqiy asbobi yangrashni boshlaydi. Masalan, Bak tovush namunalarini tinglash: Bak tovushlari

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 "The Beauty of Korea, Pak". Koreana 12: 82–85. Winter 1998. Archived from the original on 2011-07-22. https://web.archive.org/web/20110722141412/http://koreana.kf.or.kr/pdf_file/1998/1998_WINTER_E001.pdf. Qaraldi: 2010-06-14. Bak (musiqiy asbob)]]
  2. „박(拍) - 한국민족문화대백과사전“. encykorea.aks.ac.kr. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  3. Beck, John H.. Encyclopedia of Percussion, 2, Routledge, 2007 — 8-bet. ISBN 9780415971232. Qaraldi: 2016-yil 14-sentyabr. 
  4. „박 - 문화콘텐츠닷컴“. www.culturecontent.com. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.

Havolalar

tahrir