Bakalavr
Bakalavr (lotincha baccalaria – vassalning yer-mulki) – koʻp mamlakatlardagi dastlabki ilmiy daraja. Oʻrta asrda Gʻarbiy Yevropa universitetlarida taʼlimning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. Oʻzbekistonda „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ (1997) ga muvofiq universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlarining 1- bosqichi – bakalavriatni tugatganlarga bakalavr darajasi beriladi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Baʼzi xorijiy mamlakatlar (masalan, Fransiya)da oʻrta maʼlumotga ega boʻlib, oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqish huquqiga ega boʻlgan shaxs ham bakalavr deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |