Bakalavriat – koʻp mamlakatlarda oliy taʼlimning dastlabki bosqichi. Oʻzbekistonda bakalavriat mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy taʼlimdir. Oʻqish muddati kamida 4 yil Bakalavrlik dasturi tugallangandan soʻng, bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilib davlat attestatsiyasi yakunlariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom topshiriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil