Bakteriolizinlar
Bakteriolizinlar – bakteriyalar hujayralarining yemirilishiga (bakterioliz) olib keladigan biologik moddalar. Odam va hayvonlar organizmida bakteriolizinlar antitelolar hamda komplementlardan tashkil topgan. Antitelolar (spesifik bakteriolizinlar) immun zardobda boʻlib, faqat maʼlum mikroorganizmlarga taʼsir etadi. Komplementlar (nospesifik Bakteriolizinlar) normal va immun zardoblarda boʻladi. Bakteriolizinlar hujayra yuzasida oʻzgarishlar paydo qilib, komplementlar esa uni eritadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |