Bakteriostatik moddalar
Bakteriostatik moddalar (bakteriyalar va yun. stasis – bir joyda turish, toʻxtab qolish), bakteriostatiklar – bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning oʻsishi va rivojlanishini toʻxtatib qoʻyadigan moddalar. Antibiotiklar, ogʻir metallarning ionlari (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), ximioterapevtik vositalar (sulfanilamid preparatlar, margimush preparatlari) va boshqa Bakteriostatik moddalardir. Ular kuchi taʼsir etayotgan moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq. Kam konsentratsiyali bakteritsid moddalar ham bakteriyalarning koʻpayishini toʻxtatadi. Bakteriostatik moddalar tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |