Bakteritsid lampa, bakteritsid nurlatgich – ultrabinafsha nur sochadigan gaz razryadli simob lampasi; ichiga inert gaz (masalan, Xekselol)ga ozgina Hg (simob), yoki Cd (kadmiy) qoʻshib tayyorlangan aralashma toʻldiriladi. Quvvati 90 Vt gacha boʻladi. Binolardagi havo, roʻzgʻor buyumlari, suv va boshqa narsalarni ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish, shuningdek davolash maqsadlari uchun ishlatiladi (qarang Simob-kvars lampasi).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil