Bakteritsid qogʻoz
(Bakteritsid qog‘ozdan yoʻnaltirildi)
Bakteritsid qogʻoz (bakteriyalar va lotincha, caedere – oʻldirmoq) – kumush nitrat va kumush xlorid eritmasi shimdirilgan gʻovak qogʻoz; tarkibida 1 – 2 mg kumush tuzi bor. Mikroblarni oʻldirish xususiyatiga ega. Kattaligi 10-14 sm. Yarachaqalarni davolashda, kuyishning yengilroq shaklida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Badan chaqalanganda yoki ozgina jarohatlanganda Bakteritsid qogʻozni suvga sal hoʻllab, jarohatga yopiladi, ustidan paxta qoʻyib, bint bilan bogʻlanadi. Jarohat qonayotgan boʻlsa, Bakteritsid qogʻoz hoʻllanmasdan qoʻyila beradi. Bakteritsid qogʻoz chinni yoki toʻqjigarrang shisha bankalarda saqlanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |