Balalayka
Balalayka – uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi.
![]() | |
Turi |
Xordofon |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Domra |
Tarixi
tahrirXVIII asr boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi[1].
Turlari
tahrirXIX asr oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi Vasily Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq balalaykasini qayta ishlab, katta-kichik turlarini yaratgan. Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.
Balalayka-prima
tahrirBalalayka-sekunda
tahrirVasily Andreev tomonidan qayta ishlangan balalaykaning bir turi. Kichik oktavadagi lya va birinchi oktavadagi re notalariga sozlanadi. Ovoz hajmi kichik oktavadagi lya notasidan, ikkinchi oktavadagi lya notasigacha boʻladi va nota yozuvida skripka kalitida yoziladi[2][3].
Balalayka-alt
tahrirBalalaykaning bir turi boʻlib, notalar yozilishiga koʻra oktava pastda eshitiladi. Sozlanishi kichik oktavadagi mi notasidan ikkinchi oktavadagi re notasigacha boʻladi. Notalar skripka kalitida oktava yuqorida yoziladi. Ijroda paytida koʻproq pastki tovushlari bilan qatnashadi[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Balalayka“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ 3,0 3,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
tahrir- VikiOmborda Balalayka mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |