Balandlik tayanch nuqtalari
Balandlik tayanch nuqtalari (geodeziyada) – joyda oʻrni maxsus belgi – reper yoki marka bilan belgilanib, mutlaq balandligi juda aniq topiladigan nuqtalar (punktlar). Qurilishda, okean va dengiz sathi farqini aniqlashda, topografik planlarni tuzishda, yer qobigʻining koʻtarilganligi yoki pasayganligi (choʻkkanligi) ni bilish va boshqalarda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |