Balear orollari
Balear orollari - Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malorka va Menorka orollari hamda Pitius orollari arxipelagidan iborat. Maydoni 5 ming km². Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-de-Malorka shahri Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yogʻin 400 – 600 mm. Tosh dub, halab qaragʻayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. 15-asrdan Ispaniya tarkibida. Menorka orolda aeroport va gʻarbiy dengiz bazasi bor. Turistlar koʻp keladi, iqlim kurortlari mavjud.[1]
Balear orollari
| |
---|---|
Avtonom Jamoat va Provinsiya | |
39°30′0″N 3°0′0″E / 39.50000°N 3.00000°E | |
Mamlakat | Ispaniya |
Maydon | 4,992 km2 (1,927 kv mi) |
Aholisi (2016) |
1,107,220 |
Zichligi | 220 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |