Baliq-ilonlar (Ichthyophis) - oyoqsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar urugʻi. Uzunligi 50 sm ga yaqin. Terisidagi juda koʻp (400 gacha) burmalari ichida mayda suyak tangachalari boʻladi, koʻzi teri ostidan koʻrinib turadi. Tanasining rangi qoramtir-qoʻngʻir yoki zangori, yon tomonlarida sariq yoʻllari boʻladi. 4 urugʻi, 43 turi Jan. va Jan.-sharqiy Osiyoda, Jan. Amerikada uchraydi. Seylon B. (Fchthyophis glutinosus) keng tarqalgan, voyaga yetgan davrida tuproqda 30 sm chuqurlikda yashaydi. Daryo va koʻl boʻylaridagi chim ostida hayot kechiradi, suvda nobud boʻladi. Urgʻochisi suv boʻyidagi uyasiga 15 — 25 ta tuxum qoʻyib, uni lichinkasi chiqqungacha qoʻriqlaydi. Lichinkasi oʻpka orqali nafas oladi, suvda rivojlanadi, metamorfozadan soʻng tuproq ostida yashashga oʻtadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil