Ball (frans. balle — soqqa, shar) — raqam bilan ifodalangan baho. Biror hodisaning (mas, shamolning) tezligini, oʻquvchilarning bilimi va ahloqini, ayrim sport turlarida musobaqalar natijasini, chorva mollarining sifatini (koʻrgazmalarda) muayyan daraja buyicha baholashda shartli birlik sifatida qoʻllanadi. Oʻzbekistondagi maktablar va Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 5 B.li, oliy oʻquv yurtlarida 4 B.li tizim qabul qilingan. Shuningdek, mamlakatimizning oʻrta, oʻrta maxsus va oliy maktablarida koʻp B.li (reyting) tizimi ham joriy etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil