Ballistokardiografiya (yunoncha: ballo — otaman, kardia — yurak va grapho — yozaman) — yurakning gemodinamik faoliyatini tekshirish usuli. Bunda yurak qisqarishi va qonning yirik tomirlar boʻylab harakati bilan bogʻliq holda odam tanasida sodir boʻladigan mexanik harakatlar qayd qilinadi. Buning uchun maxsus asbob — ballistokardiograf ishlatiladi. B.ning umumiy, bevosita, bilvosita va boshqa xillari bor.

Ballistokardiograf va harakatlarni yozib olish chogʻida hosil boʻlgan egri chiziq— ballistokardiogramma (BKG)ga qarab yurak muskulining qay darajada qisqarayotganligi haqida bir fikrga kelinadi. Ballistokardiogrammaning oʻzgarishi yurak faoliyatida biror illat borligini koʻrsatadi, ammo aniq tashhis qoʻyishga imkon bermaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil