Baltimore (Maryland)

(Baltimordan yoʻnaltirildi)

Baltimor — AQShdagi shahar va port, Merilend shtatida, Atlantika okeanining Chesapik qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2 mln. kishi (shahar atrofi bilan birga, 1990). Baltimor AQShning muhim transport, savdomoliya, sanoat va madaniy markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, aviaraketa), neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Baltimor porti umumiy yuk oboroti boʻyicha mamlakatdagi portlar orasida oldingi oʻrinda turadi. Baltimorda universitetlar, konservatoriya, ilmiy muassasalar, muzeylar bor. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baltimorga 1729-yilda asos solingan. Potomak daryosi boʻyida birinchi koloniya barpo etgan lord Baltimor nomiga qoʻyilgan[1].

Baltimore
Skyline of City of Baltimore
Maryland shtatida Baltimorning joylashuvi
Maryland shtatida Baltimorning joylashuvi
39°17′11″N 76°36′54″W / 39.28639°N 76.61500°W / 39.28639; -76.61500
Asos sana 1729-yil
Hukumat
 • mer Sheila Dixon
Zichligi 3039 kishi/km2
[[File:|290px|Baltimore xaritada]]

Baltimor - (inglizcha "Baltimore") AQSh sharqidagi shaharlaridan biri, Maryland shtatida joylashgan yirik shahar.

Baltimore shahri

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil