Baltimor xonim torti
Baltimor xonim torti (inglizcha: Lady Baltimore cake) — koʻpirtirilgan glazurli va meva-yongʻoq kremili amerikacha oq qatlamli tort. Tort XX-asrning boshlarida AQSh janubida yaratilgan deb hisoblanadi, ammo uning aniq kelib chiqishi bilan bogʻliq bahsli fikrlar bor[1][2].
Tarixi
tahrirBaltimor xonim torti haqidagi eng mashhur afsona shundan iboratki, Janubiy Karolina shtatining Charleston shahrida janub sohibjamoli Alisiya Rhett Mayberry tort pishirib, muallif Owen Wisterga taqdim qilgan. Aytishlaricha, Wister bu tortni shunchalik yaxshi koʻrganki, u oʻzining „Ledy Baltimor“ romani uchun uning nomini ishlatgan[3][4][5].
"Baltimor xonim" romanidagi tortning tavsifi[6]: „Iltimos, Baltimor xonimining bir boʻlagini xohlayman“, dedim men juda muloyimlik bilan … Men stolga qaytdim va Baltimor xonim bilan birinchi muvaffaqiyatli uchrashuvimni oʻtkazdim. Ey Xudo! Siz ham qachondir taʼtib koʻrganmisiz? U yumshoq, qatlamli, ichi yongʻoqli, lekin bu haqda ortiq yozolmayman; chunki soʻlagim oqmoqda. Kutilmagan zavq meni ogʻzim toʻlib yana baland ovozda gapirishga majbur qildi. „Azizim, bu juda mazali!“
Oshpazlik tarixchilarining fikriga koʻra, tortni Lady Baltimor Tea Roomning uzoq yillik xodimlari Florensiya va Nina Ottelengi yaratgan boʻlishi mumkin, ular tortni oddiy Qirolicha tortining XIX-asr oxiridagi versiyasi asosida ishlab chiqqanlar. Ottelengining soʻzlariga koʻra, ular har yili Owen Visterga ularning ijodini mashhur qilganliklari uchun minnatdorchilik sifatida tort pishirib yuborishgan, shuningdek, Rojdestvo bayramida mamlakat boʻylab yuzlab tortlar joʻnatishgan[2][3]. „Baltimor xonim“ deb nomlangan tort haqida birinchi qayd qilingan havolalar 1906-yilda paydo boʻla boshlagan, bir nechta gazeta maqolalarida uni „mashhur“ yoki „original“ tort deb atashgan[1].
Retsepti
tahrirRetseptning birinchi nashrlari 1906-yilda Harrisburg, Pensilvaniaʼs Daily Gazette and Bulletin, The Columbus Journal va The Washington Times kabi bir qancha gazetalarda qayta nashr etilgan[1][7]: „Oltita tuxum oqi koʻpirtiriladi. Bir yarim stakan qand talqoni, bir stakan sut, deyarli bir stakan sariyogʻ, uch stakan un va ikki choy qoshiq yaxshi yumshatgich qoʻshiladi. Un va yumshatgich boshqa ingredientlar bilan birga elakdan oʻtkaziladi, oxirida tuxum qoʻshiladi. Ikkita pech idishida oʻn beshdan yigirma daqiqagacha yogʻ bilan pishiriladi. Glazur uchun: ikki stakan shakar va bir yarim stakan suv, yopishqoq massaga aylanguniga qadar qaynatiladi, bu odatda besh daqiqa davom etadi. Ikki tuxumning oqini juda yengil koʻpirtiriladi va asta-sekin qaynoq shakar quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Tortning ustki va yon tomonlarini yopish uchun undan yetarli miqdorda olinadi va ikki qatlam orasiga toʻldirish uchun qolgan miqdorni, bir stakan mayda toʻgʻralgan mayiz va bir stakan toʻgʻralgan yongʻoq qoʻshiladi. Toʻgʻri pishirilsa mazali boʻladi“. Retseptning zamonaviy versiyalarida beze, qaynatilgan yoki yetti daqiqali glazurdan foydalanish mumkin, shuningdek, nachinkada rom, konyak yoki likyor qoʻshilishi mumkin[8]. Tortning oʻzi oq yoki sariq boʻlishi mumkin.
Oq oʻrniga qolgan tuxum sarigʻidan tayyorlangan „Lord Baltimor torti“ deb nomlanuvchi versiya ham mavjud[9][10][11].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Lady Baltimore Cake“. The Old Foodie (24-mart 2007-yil). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2015-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Magida, Phyllis. „Dixie's Lady Baltimore Cakes Are Stuff Of Which Novels, Memories Are Made“. Chicago Tribune (26-dekabr 1985-yil). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „Lady Baltimore Cake Recipe and History“. whatscookingamerica.net. 2021-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2015-yil.
- ↑ Great American Classics Cookbook (Good Housekeeping). New York: Hearst, 2004 — 262-bet. ISBN 978-1588162809.
- ↑ Let Me Eat Cake: A Celebration of Flour, Sugar, Butter, Eggs, Vanilla, Baking Powder, and a Pinch of Salt. New York: Simon & Schuster, 2009. ISBN 978-1416588733.
- ↑ Lady Baltimore. New York: Hurst & Co., 1906 — 17-bet. ISBN 1846374189.
- ↑ „The Columbus journal., 14-noyabr 1906-yil, Image 7“. 2021-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „Торт Леди Балтимор“. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ „Teatime Tastiness: Lady Baltimore Cake Story and Recipe“. cakespy.com (27-fevral 2013-yil). 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2015-yil.
- ↑ „Lady Baltimore Frosting and Filling“. marthstewart.com. 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2015-yil.
- ↑ „Lady Baltimore Cake“. The Baking Pan. 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2015-yil.