Balxiy (taxallusi; asl ismi Abu Shukur Balxiy) (915 – ?, Buxoro) – shoir. Fors adabiyotida dostonchilikka asos solganlardan biri. Asosan somoniylar hukmronligi davrida yashab ijod etgan. Maʼlum muddat Nuh ibn Nasr saroyida xizmat qilgan. Asarlarida insonparvarlikni, ilm va hunarni ulugʻlagan, kishilarni tenglikka, tinch-totuvlikka daʼvat etgan. „Ofarinnoma“ dostoni (947) katta shuhrat qozongan. Doston didaktik mavzuda (asarlaridan 379 bayt turli tazkira va lugʻatlarda saqlangan). Asarlari arab tiliga tarjima qilingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir