Bandaj (frans. bandage — belbogʻ) — qorin devori churralarida, churra darvozasini bekitish, qorin devori haddan tashqari choʻzilib ketishining oldini olish yoki ichki aʼzolarni maromida tutib turish uchun bogʻlab yuriladigan maxsus kamar, belbogʻ. Davo va profilaktik B.lar — qorin usti Bandaj , homiladorlikda va tugʻruqdan keyin taqiladigan B., shuningdek churra B. i farqqilinadi. Profilaktik B. homiladorlik va tugʻrukdan keyin ayniqsa muskullari boʻshashib qolgan ayollarda (homiladorlik va tugʻruqdan keyingi B.) qorin devorining haddan tashqari choʻzilib ketishi kuzatilganda, shuningdek qorin boʻshligʻidagi operatsiyalardan keyin qorin devori churrasi hosil boʻlishining oldini olish maqsadida tavsiya etiladi. Ichki aʼzolar, mas, meʼda-ichaklar, buyraklar xiyla pastga tushib qolganda vrach tavsiyasi boʻyicha davo B.idan foydalaniladi. B.ni vrach nazorati ostida Churra bandaji (oʻng chov churrasi uchun): 1 — prujinaga oʻrnatilgan moslama; 2— son ostidan oʻtadigan tasma tanlanadi. B. taqqanda bichilish, qisilish va boshqa noxush hollar kuzatilsa, uni bogʻlamaslik hamda vrachga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil