Bandar-Abbos
Bandar-abbos — Eronning jan. qismidagi shahar, Hoʻrmuz boʻgʻozidagi port. Hoʻrmuzgan ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 202 ming kishi (1989). Xalqaro aeroporti bor. Baliqkonserva, ip-yigiruv, kemasozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlanadi. Chetga hoʻl meva chiqariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |