Bangalor, (kann. ಬೆಂಗಳೂರು, Bengaluru) — Hindiston janubidagi shahar, Karnataka shtatining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln. kishi (1991). Mamlakatning muhim sanoat, fan va madaniyat markazi. Mashinasozlik (samolyotsozlik, stanoksozlik, telefon va elektr asbob-uskunalari) sanoati, toʻqimachilik, koʻp poyabzal, sovungarlik, farmatsevtika korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kosmik tadqiqotlar markazi. Kurort joy, botanika boga bor. Shahar 16-asrda vujudga kelgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil