Banka
(Bangkadan yoʻnaltirildi)
Banka, Bangka — Indoneziyaga qarashli orol. Katta Zond orollari tarkibida. Maydoni 11,6 ming km². Bosh shahri — Pankalpinang . Orolning koʻp qismi allyuvial tekislik, baʼzi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 m. B.da nam tropik oʻrmonlar bor; botqoqlik koʻp. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirgʻoqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud boʻlib, 1709-yildan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming t. chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 g/m3.
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 11 413 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 63 m. |
Ma'muriyat | |
Davlat | Indoneziya |
Mintaqa | Bangka-Belitung |
Demografiya | |
Aholisi | 626 955 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |