Bank kafolati
Bank kafolati — kafil banklar (garant banklar)ning mijozlari majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi. Mijozlar qarzlarini oʻz hisobidan va oʻz muddatida toʻlay olmagan hollarda banklar ularning topshirigʻiga koʻra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga oladi. Qarz tegishli taʼminot (garov) asosida bank tomonidan toʻlanadi. Kafil banklarning kreditor yoki eksportyor oldida qarzdor yoki importyorning kontrakt boʻyicha toʻlov majburiyatlari ijrosini kafolatlashi; mijozning oʻzga shartnoma majburiyatlari ijrosini pul shaklida taʼminlash (avansni qaytarish, savdo kelishuvi yoki kontrakt shartlarini bajarish va boshqalar) keng tarqalgan toʻlov kafolatlariga kiradi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |