Banknotlar
Banknotlar, bank biletlari, kredit biletlari— markaziy emissiya banklari chiqaradigan qog‘oz pullar, kredit pullarning asosiy turi. Banknotlar pulning to‘lov funksiyasi asosida 17-asrda vujudga kelgan. Yirik davlatlarda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Banknotlar chiqarishni davlat emissiya banklarining monopoliyasiga aylantirdi. Qog‘oz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinganidan keyin (20- a. 70- y.lari) Banknotlar haqiqiy qog‘oz pulga aylandi. Banknotlar Davlat (Markaziy) bankining aktivlari va davlatning aholiga sotadigan tovarlari bilan ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasida 1994 y. 1 iyuldan boshlab milliy valyuta so‘m muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1,3,5, 10,25,50,100 so‘mlik, 1997 y. 1 martdan qiymati 200 so‘m, 2000 y. 1 iyundan 500 so‘m bo‘lgan bank biletlari (bank qog‘oz pullari) chiqargan. Ular tanga va chaqalarga maydalanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |