Baqiroqsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Oygaing daryosining chap irmogʻi. Piskom togʻ tizmasining yogʻin koʻp yogʻadigan va abadiy qor hamda muzliklari boʻlgan gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 12 km, havzasining maydoni 49 km². B.da suv may — iyun oylarida koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,7 m³/sek.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil