Baqqol

Kundalik yegulik oziq-ovqatlar sotuvchi mayda savdogar

Baqqol (arab.— koʻkatfurush, sabzavotfurush, gʻallafurush) – bozor, guzar va mahallalardagi doʻkonchalarda maydachuyda roʻzgʻor mollari, kundalik yegulik oziq-ovqatlar sotuvchi mayda savdogar. Baqqollar va Baqqollik doʻkonchalari Turkistonda oʻrta yerdan 20-asrning 20-yiligacha keng tarqalgan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi munosabati bilan OʻzR va boshqa qoʻshni mamlakatlarda qayta faoliyat koʻrsata boshladi. Arab mamlakatlari, Eron, Afgʻoniston va Turkiyada ham bor. Yevropa mamlakatlari, jumladan Rossiyada qoʻllaniladigan „bakaleya“ atamasi Baqqol soʻzidan olingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil