Barchin
"Alpomish" dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi
Barchin (Barchinoy, Oy Barchin, Gul Barchin, Barchin suluv) – „Alpomish“ dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchinoy mard va dovyurak qiz. U xalq ogʻzaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi anʼanaviy obraz hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga oʻz samimiy munosabatlari, katta eʼzoz va hurmatlarini bildirganlar, asllar ham yuksak insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Baʼzi tarixiy rivoyatlarda Barchin oʻgʻuz qabilalariga beklik qilgan ayol, deb taʼriflanadi (uning maqbarasi Sigʻnoqaj 5 km janubiy-sharqda joylashgan).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |