Barchinligʻkend
(Barchinlig‘kenddan yoʻnaltirildi)
Barchinligʻkend, Barchkend, Barchin — Sirdaryo boʻyida joylashgan oʻrta asr qalʼa-shaharlaridan biri (12 — 14-asrlar); Jand viloyatiga kirgan. Oltin Oʻrda davrida B.da zarb qilingan mis tangalarda "Barchin" yozuvi uchraydi. 13-asr 2-yarmida B.ga tarixchi Jamol Qarshiy kelib, uni oʻz asarida Barchkend deb qayd etgan. Bu davrda B.da turkmanlar yashaganlar, shahar atrofida qoʻrgʻonlar va qum barxanlari yastanib yotgan, shaharda ilm-fan, maʼnaviy hayot taraqqiy etgan. Jamol Qarshiy B.da arab, fors, turkiycha sheʼrlar bitgan mahalliy olimning maʼruzasini tinglaganini yozadi. 15-adan soʻng B. atamasi manbalarda tilga olinmaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |