Barguzin qoʻriqxonasi
Barguzin qoʻriqxonasi –Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidagi biosfera qoʻriqxonasi. Barguzin tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida. Barguzin qoʻriqxonasi Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohili va koʻl suvining bir qismini oʻz ichiga oladi. Maydoni 374,3 ming ga, koʻl akvatoriyasi maydoni 150 ming ga. Barguzin soboli (kish) ni qoʻriqlash va sonini koʻpaytirish uchun 1916-yil tashkil etilgan. Barguzin soboli, maral (Sibir bugʻusi), kabarga, qoʻngʻir ayiq, tosh karquri va boshqa, kulning qirgʻoqqa yaqin joylarida nerpa yashaydi. Togʻ tilogʻoch va igna bargli qora oʻrmonlar (qora qaragʻay, oq qaragʻay, kedrli sibir qaragʻayi), togʻ tundrasi va yalang tepalar keng tarqalgan.[1]
Barguzin qoʻriqxonasi | |
Mamlakat | Rossiya |
Yaqinidagi shahar | Ulan-Ude |
Maydon | 374 322 ga |
Oʻrtacha balandligi | 1 640 m |
Tashkil topgan sanasi | 1917 |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |