Bargxoʻrlar, bargxoʻr qoʻngʻizlar (Chrysomelidae) — qoʻngʻizlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Uzunligi 1 mm dan 35 mm gacha, moʻylovlari kalta, rangi yaltiroq. Qurtlari uzunchoq, erkin yashovchi, oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. B. oʻsimliklarga katta ziyon keltiradi. Qoʻngʻiz va qurtlari oʻsimlik bargini kemirib oziqlanadi. 50 mingdan koʻproq turi mavjud. Oʻrta Osiyo va MDH mamlakatlarida 2000 ga, Oʻzbekistonda 240 ga yaqin turi tarqalgan. Kolorado qoʻngʻizi (Zeptinotarsa desem lineata) kartoshkaga, terak bargxoʻri (Agelestica alni) terakka, qizilkoʻkrak pyavinza (Ouloma melanopus) gʻalla ekinlariga katta ziyon yetkazadi. Qarshi kurash choralari xlororganik va fosfororganik birikmalarni purkashdan iborat[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Bargxoʻrlar“ OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil