Bari
Italiya kommunalari
Bari — Janubiy Italiyadagi shahar va yirik port, Bari provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 355 ming kishi (1990). Bari tuguni. Savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash va neftkimyo, poʻlat quyish va truboprokat, toʻqimachilik, oziq-ovqat, rezina, yengil, yogʻochsozlik, tamaki sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bor. XII — XIII asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Universitet, milliy arxeologiya muzeyi va suratlar galereyasi bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |