Barit
Barit (yun. bans — ogʻir) — ogʻir shpat, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi BaSO4. Rombik singoniyada kristallanadi. Rangsiz yoki oq, bir oz yashil yoki qizil rang aralashgan boʻladi. Qattiqligi 3,5 — 3,8, moʻrt. Barit 4,5. Odatda yirik kristalli massa hamda zich donador agregatlar koʻrinishida uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Baritning yirik konlari Gruziya, Qozogʻiston, Turkmaniston, - shuningdek Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina (Zakarpatye, Donbass)da bor. Oʻzbekistonning Nurota, Chatqol-Qurama togʻlarida topilgan. Barit parmalash ishlari, tibbiyot, rezina va qogʻoz ishlab chiqarish, pirotexnika, koʻnchilikda, oziq-ovqat sanoati, kulolchilik, oq boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |