Bariy ftorid
Bariy ftorid, Ba/2 - ftorid kislotaning bariyli tuzi, rangsiz kristall modda. 970° gacha a-faza holida turgʻun; zichligi 4893 kg/m3. 970° da R-fazaga, 1207° da esa u-fazaga oʻtadi. Suyuqlanish temperaturasi 1368°, qaynash temperaturasi 2250° atrofida. Suvda yomon, ftorid kislotaning suvli eritmalarida yaxshi eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. 500° dan yuqori temperaturada suv bugʻida gidrolizlanadi. Ftorid kislota bilan beqaror gidroftoridlar hosil qiladi. Bariy ftorid tabiatda kamyob mineral — frankdiksonit holida uchraydi. Bariy karbonatga ftorid kislota yoki uning suvdagi eritmalarini taʼsir ettirib olinadi. Bariy ftorid shisha, emal va flyuslar hamda metallarni muhofaza qiluvchi qoplamalarning komponentlari, infraqizil optika va lazer uchun material, U/6 ni tozalashda sorbent sifatida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |