Barkashli Maxdiy
Barkashli Maxdiy (1911, Tabriz −1988) – Eron musiqashunosi. Musiqashunoslik va fizika fanlari doktori. Oʻrta asr musiqa nazariyasi, jumladan, Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marogʻiy musiqiy risolalari tadqiqotchilaridan. Eron dastgohlari nashriga hissa qoʻshgan, musiqa akustikasi muammolariga bagʻishlangan asarlar muallifi. Tehron xalqaro musiqashunoslar kongressining (1962) tashkilotchilaridan. 1975-yil Toshkent davlat konservatoriyasida „Eron dastgohlari“, „Forobiy nazariyasi“, „Musiqaviy akustika“ hamda „Zamonaviy Eron musiqasining ijodiy muammolari“ mavzuida maʼruza va mashgʻulotlar oʻtkazgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |