Barograf (baro... va yun. grapho — yozaman) — atmosfera bosimini uzluksiz qayd qilish uchun moʻljallangan asbob. Ishlash tarziga qarab, aneroidli va simobli xillarga boʻlinadi. Amalda aneroidli Barograf koʻproq ishlatiladi. Uning qabul qiluvchisi bir-biriga mahkamlangan aneroid qutilaridan iborat. Atmosfera bosimi oʻzgarganda qutilar qisiladi yoki choʻziladi, natijada ularning qopqoqlari koʻtariladi yoki pasayadi va shunda pero darajalarga boʻlingan lentaga muayyan chiziqlarni chizadi. Shu tariqa atmosfera bosimi qayd qilib boriladi. Juda sezgir Barograf mikrobarograf deb ataladi. Meteorologiya st-yalarida, samolyot va aerostatlarda ishlatiladi (qarang Barometr).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.