Barqaror turizm
Barqaror turizm – turizm sanoati tomonidan yetkaziladigan zararni kamaytirish, jamiyatni himoya qilish va sanoatning uzoq muddatli kelajagini taʼminlashga qaratilgan. Bu tushuncha turizm faoliyatidan kelib chiqadigan har qanday salbiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni minimallashtirishga eʼtibor qaratadi.
Iqlim oʻzgarishi xavfi toʻgʻrisida odamlar koʻproq bilimga ega boʻlayotganligi sababli barqaror turizmning ahamiyati ortib bormoqda. Shuningdek, turizm sanoatining oʻsishi natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy oʻzgarishlar haqidagi xabardorlik ham kuchaymoqda.
Barqaror turizm, turizmning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirlarini hisobga oladigan va ushbu salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun tegishli oʻzgartirishlar kiritiladigan sayohat turlarini anglatadi. Bu turizm turi sayyohlar va mezbon jamoalar, mahalliy korxonalar hamda tabiiy dunyo ehtiyojlarini hisobga oladi. Statista Ekoturizm Hisobotiga koʻra, 2022-yilda global ekoturizm sanoatining qiymati butun dunyo boʻylab taxminan 172,4 milliard AQSh dollariga baholangan.
Bu barqaror transport usullarini qoʻllash, ekologik toza turar joylarda qolish, mahalliy va axloqiy manbalardan olingan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish va zararli faoliyatlardan voz kechishni anglatishi mumkin. Barqaror turizm dam olish, biznes yoki tadbirlar uchun sayohat, shuningdek, doʻstlar va oila aʼzolarini ziyorat qilish kabi maqsadlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Barqaror turizm tamoyillari
tahrir1991-yilda „Tourism Concern“ tashkiloti, „Worldwide Fund for Nature“ (WWF) bilan hamkorlikda barqaror turizm uchun oʻnta tamoyilni belgilab berdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar resurslardan barqaror foydalanish, haddan tashqari isteʼmol va chiqindilarni kamaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash, turizmni rejalashtirishga integratsiya qilish, mahalliy iqtisodiyotlarni qoʻllab-quvvatlash, manfaatdor tomonlar va mahalliy jamoatchilik bilan maslahatlashish, xodimlarni tayyorlash, turizmni mas’uliyatli ravishda marketing qilish, tadqiqot oʻtkazish.
Barqaror turizmning foydalari
tahrirTurizm atrof-muhitga, iqtisodiyotga va ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatadi. Barqaror turizm ijobiy taʼsirlarni maksimal darajada oshirish va salbiy taʼsirlarni minimal darajada kamaytirish haqida.
Turizm global iqtisodiyotda muhim rol oʻynaydi. Mehmonxona, transport, oziq-ovqat va ichimliklar, chakana savdo kabi sohalarda ish oʻrinlarini yaratishda yordam beradi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirishdagi sarmoyalarni ragʻbatlantiradi, iqtisodiy oʻsishni va jamoadagi koʻplab odamlarning turmush darajasini yaxshilaydi.
Kichik biznes egalari va hunarmandlar turizm tufayli mahalliy ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, hunarmandchilik buyumlari va estalik sovgʻalari kabi mahsulotlarga talab oshgani tufayli daromad olishadi. Bu esa fermerlar, hunarmandlar va kichik biznes egalari uchun daromad manbai hisoblanadi.
Turizm turli mamlakatlar orasidagi madaniy almashuvni ragʻbatlantiradi. Turli millat va madaniyatlardagi odamlar bir-birlari bilan muloqot qilishadi, oʻrganishadi va turli urf-odatlar va anʼanalar toʻgʻrisida chuqurroq maʼlumotga ega boʻlishadi. Bu tajriba bagʻrikenglik, hamdardlik va shaxsiy oʻsishni rivojlantiradi. Sayohat barcha yoshdagilar uchun qimmatli taʼlim imkoniyatini taqdim etadi. Bu oʻquvchilarga turli madaniyatlar, tarix, geografiya va tabiiy muhit haqida amaliy koʻnikmalar va oʻrganish imkoniyatlarini beradi. Nafaqat oʻquvchilar balki kattalar ham sayohat orqali yangi koʻnikmalarni oʻrganib, turli madaniyatlar va turmush tarzi haqida chuqurroq bilimlar olishlari mumkin.
Turizm meros obyektlari va madaniy boyliklarni saqlashga hissa qoʻshishi mumkin, chunki kirish toʻlovlari va esdalik sovgʻlarni sotish orqali daromad orqali merosiy obyektlarni saqlash, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼlim sohasida ancha foyda keltirishi mumkin.
Barqaror turizmning asosiy gʻoyalari
tahrirBarqaror turizmning hissasi jamiyatga, iqtisodiyotga va atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uzoq muddatli foyda keltiradi. Shu bilan birga, turizmning ekologik izini kamaytirishga, mahalliy jamiyatlarni qoʻllab-quvvatlashga va turistik tajribalarni yanada boyitishga qaratilgan.
Barqaror turizm konsepsiyasi, rivojlanish va turizm siyosatidan kelib chiqadigan institutiyal tashabbuslarning natijasi sifatida muhim rol oʻynaydi. Barqaror turizmning rasmiy taʼrifi 1987-yilda Brundtland hisobotida (Dunyo atrof-muhit va rivojlanish komissiyasi) berilgan va 1992-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan BMT atrof-muhit va rivojlanish konferensiyasida yanada aniqlashtirilgan. Ushbu tamoyil barcha hududiy darajalarda turizm siyosatining muhim jihati boʻlib kelmoqda (Torres-Delgado, 2010). Dastlab, barqaror turizmning qabul qilinishi faqatgina atrof-muhitni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan, ammo vaqt oʻtishi bilan jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyot oʻrtasidagi muvozanatni hisobga oluvchi global bir tushunchaga aylangan. Bu oʻzgarishlar natijasida barqaror turizm konsepsiyasi turli hujjatlarda qamrab olinishdan tashqari, oʻziga xos hujjatlar yaratish imkoniyatiga ega boʻldi.
BMTning 2030-yilgacha boʻlgan Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan. Maqsad 8 (iqtisodiy oʻsish va mehnat), 12 (mas’uliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish) va 14 (suv osti hayoti) maqsadlarida barqaror turizmga alohida eʼtibor qaratilgan.
Barqaror turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, barqaror sayyohlik amaliyotlari ekotizimlarga yordam beradi. Misol uchun, ekoturizm faoliyatlari orqali 2019-yilda 8 milliard AQSh dollari ekotizimlarni saqlab qolishga sarflandi.
Barqaror turizm har doim va har qanday vaziyatda mahalliy aholini qoʻllab-quvvatlaydi, ularning madaniyatini saqlash va rivojlantirishga yordam beradi. 2021-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, mahalliy aholi va sayyohlar oʻrtasidagi aloqalar 30% ga oshdi, bu esa mahalliy iqtisodiyotga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.