Barra
Barra — 1) yangi tugʻilgan qoʻzichoq; 2) qoʻzichoq terisi, qorakoʻl. 1 — 3 kunlik qorakoʻl qoʻzilarning soʻyilishidan sifati turlicha boʻlgan terilar olinadi. Teridagi jun qoplami yaltiroq mayinligi bilan birga jingalak (naqsh)larga ega boʻladi. B. aynan shu koʻrsatkichlariga muvofiq baholanadi; 3) yangi tugʻilgan qoʻzichoq goʻshti; 4) yangi unib chiqqan, yosh, mayin koʻkat (mas, barra piyoz).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |