Barry Nelson (inglizcha: Barry Nelson yoki Robert Haakon Nilsen (inglizcha: Robert Haakon Nielsen); 19172007) — amerikalik aktyor. Jeyms Bond obrazini yaratgan birinchi aktyor sifatida tanilgan.

Barry Nelson
Tavalludi 16-aprel 1917-yil
Vafoti 7-aprel 2007-yil(2007-04-07)
(89 yoshda)
Pensilvaniya, AQSH bayrogʻi AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 19411980

Bolaligi

tahrir

Nelson San-Fransiskoda tugʻilgan. Norvegiyalik muhojirlar — Betsie (Kristofersen) va Trygve Nilsenning oʻgʻli[1]. Uning tugʻilgan yili baʼzi munozaralarga sabab boʻldi, ammo uning 1943-yilgi Armiya havo kuchlari roʻyxatida va 1993-yilgi saylovchilar roʻyxatida 1917-yil sifatida koʻrsatilgan[2][3]. 1941-yilda Berkli universitetini tugatgan va u yerda talabalar teatri spektakllarida aktyor sifatida ishtirok etgan[4].

Aktyorlik karyerasi

tahrir

Donna Reed va Myrna Loy bilan birga William Powellning „Shadow of the thin man“ (1941) filmida Pol Klark rolida oʻynagan[5]. Robert Taylor va Lana Turner ishtirokidagi „Johnnie Eager“ (1942) roli bilan tanildi[6].

Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy havo kuchlarida xizmat qilgan paytida Nelson Broadway sahnasida Moss Hartning „Winged Victory“ (1943) spektaklida Bobby Grills rolida debyut qildi[7]. Brodveyda Barbara Bel Geddes bilan birga „The Moon Is Blue“ filmida oʻynadi. 1965-yilda "Abe Berrouzning „Cactus Flower“ komediyasida Loren Bakall bilan va 1969-yilda „The Fig Leaves Are Falling“ filmida Doroti Loudon bilan birga rol oʻynagan[8][7].

1954-yilda Ian Flemingning „Climax!“ televizion antologiya seriyasidagi „Casino Royale“ romanining qahramoni James Bond rolini ekranda oʻynagan birinchi aktyor boʻldi[9]. Prezident John Kennedy 1961-yil 17-martdagi maqolasida oʻzining sevimli 10ta kitobi qatoriga „From Russia with Love“ kitobini kiritmaguncha Bond AQShda unchalik mashhur boʻlmadi[10][11].

Dasturda shuningdek, asosiy yovuz qahramon Le Chiffre rolida Peter Lorre ham ishtirok etdi. Keyinchalik Nelson Lorre bilan ishlash imkoniyati uning rolni oʻynashiga sabab boʻlganini taʼkidladi[12][13].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Nelson ikki marta uylandi[14].

Nelson 2007-yil 7-aprelda Pensilvaniya shtatining Baks okrugida sayohat qilayotganda, 90 yoshga toʻlishidan toʻqqiz kun oldin vafot etdi[15].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi
1938 Comet Over Broadway
1941 Shadow of the Thin Man
Johnny Eager
1942 A Yank on the Burma Road
Dr. Kildare's Victory
Rio Rita
The Affairs of Martha
Eyes in the Night
1943 The Human Comedy
Bataan
A Guy Named Joe
1944 Winged Victory
1947 The Beginning or the End
Undercover Maisie
1948 Tenth Avenue Angel
Command Decision
1951 The Man with My Face
1956 The First Traveling Saleslady
1963 Mary, Mary
1967 The Borgia Stick
1969 Seven in Darkness
1970 Airport
1971 My Wives Jane
1972 Pete 'n' Tillie
Climb an Angry Mountain
1974 Fools, Females and Fun
1980 The Shining
Island Claws
1982 Poltergeist

Manbalar

tahrir
  1. Robert Neilsen United States Census, 1930
  2. National Archives and Records Administration. U. S. World War II Army Enlistment Records, 1938-1946
  3. Los Angeles County Voter Registration Record, Venice, California, 1993
  4. 1937 UC Berkeley Yearbook
  5. McLellan, Dennis. „First Bond starred on Broadway with Bacall, Minnelli, Bel Geddes“. The News Tribune. Los Angeles Times (2007-yil 14-aprel). 2007-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
  6. „First James Bond star dies aged 89“. Metro (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
  7. 7,0 7,1 „Barry Nelson“. Internet Broadway Database. 2007-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
  8. Risling, Greg. „Actor Barry Nelson Dies at 89“. The Washington Post. Associated Press (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 13-aprel.
  9. „First James Bond star dies aged 89“. Metro (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
  10. „Barry Nelson (1920-2007)“. Mi6-HQ.com (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel. Nelson 2004 quote from Cinema Retro interview cited here.
  11. Sidey, Hugh (17 March 1961). „The President's Voracious Reading Habits“. Life. 50-jild, № 11. ISSN 0024-3019. Qaraldi: 5 October 2011.
  12. McLellan, Dennis. „First Bond starred on Broadway with Bacall, Minnelli, Bel Geddes“. The News Tribune. Los Angeles Times (2007-yil 14-aprel). 2007-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-aprel.
  13. „Barry Nelson (1920-2007)“. Mi6-HQ.com (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 14-aprel. Nelson 2004 quote from Cinema Retro interview cited here.
  14. „Barry Nelson, Broadway and Film Actor, Dies at 86“ (2007-yil 14-aprel). Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  15. Risling, Greg. „Actor Barry Nelson Dies at 89“. The Washington Post. Associated Press (2007-yil 13-aprel). Qaraldi: 2007-yil 13-aprel.

Havolalar

tahrir