Barsterlar — muayyan davr bilan rentgen diapazonida chaqnab turuvchi yulduzlar. Birinchi bor 1975-yilda atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida topilgan. Barster rentgen manbalari hisoblanadi; ular nurlanishining fotonlari energiya 1 — 20 keV. Barsterlar chaqnashning qaytarilishi davri bir necha soatdan to bir necha kungacha boʻlgan oraliqda. Chaqnashlar orasidagi vaqt oraligʻi 30 — 50% gacha asta oʻzgarib turadi. Chaqnashlar vaqtidagi nurlanish energiyasi ular oraligʻida tarqaladigan nurlanish energiyasidan taxminan 100-marta kam. Hozirgacha 50 dan ortiq B. batafsil oʻrganib chiqilgan. Maʼlumotlarga koʻra, B. massasi Quyosh massasiga yaqin boʻlgan neytron yulduz boʻlib, uning atrofida akkresiya hodisasi sodir boʻlmoqda. Bunday hodisa qoʻshaloq yulduzlarda yuz berib, oddiy qoʻshni yulduzdan neytron yulduzga massa oqimi jarayoni bilan bogʻliq. Natijada neytron yulduz yaqinida qalinligi bir necha oʻn metr boʻlgan akkresion disk vujudga keladi. Akkresiya jarayonida disk harorati oshib borib, uning qiymati 3-108 K ga yetishi bilan qisqa vaqt ichida geliy moddasining yonishi yuz beradi va bu rentgen chaqnashini koʻrsatadi. Demak, Barsterlarning chaqnash mexanizmi termoyadro portlashi bilan tushuntirilishi lozim. Chaqnashdan soʻng akkresion diskda massasi 1015 t. geliy yigʻilishi bilan u bir necha sekundda yonib, Yerda yana rentgen chaqnashi kuzatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Nuritdinov S. N., Galaktika tuzilishi va fizikasi, T., 1996.