Foryob
Foryob, Pareb, Baryob — oʻrta asrlarda Xurosonga mansub viloyat va shaqar. F. va forob soʻzlarining maʼnosi bir boʻlib "haydalgan, ishlov berilgan yer" yoki "sugʻoriladigan yer"ni anglatgan. Gardiziytsht yozishicha, sosoniylardan Feruz ibn Yazdigard II (459—484 yillarda hukmronlik qilgan) asos solgan. Arablar istilosi arafasida F. alohida mustaqil mulk markazi boʻlgan. Uning hokimi Tursul dehqon unvoniga ega boʻlgan. 7-asrning 3choragida F.ni arablar egallagan. 8-asr boshida arablar F. viloyatidan 70 ming dirham miqdorida xiroj soligʻi, 820—827 yillarda esa 55 ming dirham olganlar. F. axrlisi Toxariston xalqlarining arablarga qarshi qoʻzgʻolonlarida bir necha bor qatnashgan. F. viloyatini boshqargan arablar noibi qarorgohi Yahudon shahri boʻlgan. 10-asrda, Somoniylar va Farigʻuniylar davrida F. shahri va viloyati Guzganon shohiga tobe etilgan. F. savdo-sotiq rivojtopgan chiroyli shahar boʻlgan. F.da minorasi boʻlmagan jome masjidi boʻlgan, shahardagi hamma binolar paxsadan qurilgan, shaharda hunarmandchilikning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. 1220-yil F. shahri moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan va u 16-asrning 1yarmida xaroba holga kelgan, soʻngra qayta tiklangan. F. — hozirgi Afgʻonistonning shim.gʻarbidagi kichik viloyat nomi. Markazi — Davlatobod shahri B. A. Ahmedovnknt fikricha, Davlatobod yaqinidagi Salurtepa shahri xarobasi F.ning qoldiqlari hisoblanadi. Davlatobod shahrining oʻzi manbalarda 17-asr boshidan qayd etilgan.
Adabiyot
tahrir- Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |