Barzan minoralari (arabcha: برج برزان „Yuqoridagi joy“) Umm Salal Muhammad qal’asi minoralari sifatida ham tanilgan, 19-asr oxirida qurilgan va 1910-yilda Shayx Muhammad bin Jassim Ol Tani tomonidan taʼmirlangan qoʻriq minoralaridir[1]. Ular 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida qurilgan mudofaa tizimining janubiy tomonida, baland yerlardan oqib tushadiganda yomgʻir suvi toʻplanadigan „ravdat“ vodiysini himoya qilish uchun bunyod etilgan. Arabcha „barzan“ „baland joy“ degan maʼnoni anglatadi[1][2].

Barzan minoralari
arabcha: برج برزان
Barzan minoralari is located in Qatar
Barzan minoralari
Script error: The function "label" does not exist. joylashuvi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy qo'riqlovchi minoralar
Joylashuvi Umm Salal Muhammad, Umm Salal,  Qatar
Mamlakat Qatar
Koordinatalar 25°25′05″N 51°24′47″E / 25.418024°N 51.413094°E / 25.418024; 51.413094
Egasi  Qatar Hukumati; Turizm vazirligi, Qatar muzeylar boshqarmasi
Balandligi 16 m (52 ft)
Barzan minoralari

Binolar 2003-yilda qayta tiklangan. Minoralarning balandligi 16 metr (52,49 fut) ga teng[2]. Qal’a gʻarb tomonda joylashgan boshqa ikkita mustahkamlangan bino va shimol tomondagi yana bir minora bilan bogʻlangan. Barzan minoralari dengiz yaqinida marvarid toplovchi gʻavvoslarini kuzatish, yaqinlashib kelayotgan kemalarni aniqlash va oy holatini tahlil qilish uchun rasadxona sifatida qurilgan boʻlishi mumkin[2][3]. Barzan minoralari qayta qurilganda bir qator qulayliklar yaratilgan[1].

Dastlab marjon tosh va ohaktosh bilan qurilgan konstruksiyalar Qatarning anʼanaviy dizayni va qurilish usullarini oʻz ichiga olgan. Boʻron paytida yomgʻir suvini bino devorlaridan tushirib yuborish uchun yogʻochdan „marazim“, mehmonlarni qabul qilish uchun minoralar orasidagi „majilis“ xonasi va toʻrt qavatli tomlar, „danchal“ yogʻoch qutb konstruktsiyasi, „basgijl“ toʻqilgan bambuk chiziqlar shular jumlasidandir.

Tarixi

tahrir

Barzan minoralari 19-asr oxirlarida qurilgan[4] va 20-asr boshlarida Shayx Muhammad bin Jassim Ol Tani tomonidan taʼmirlanib, kelayotgan Usmonli askarlariga qarshi qoʻriqlash minoralari sifatida xizmat qilgan. Uning otasi bir necha yil oldin Al-Vajba jangida Usmonlilarni magʻlub etgan boʻlsa-da, Muhammad yangilangan harbiy keskin choralardan charchagan edi. Minoralardan, shuningdek, mahalliy Qatarliklar tomonidan muqaddas Ramazon oyida yangi oyni kuzatib turish uchun ham foydalanilgan, chunki oy holatini tahlil qilib borish juda muhim boʻlgan. Minoralar 2003-yilda Qatar hukumati tomonidan qayta tiklangan[2][3].

Geografiyasi

tahrir

Barzan minoralari Umm Salal munitsipalitetida joylashgan Umm Salal Muhammad[5] shahridagi Jebel Lusail deb nomlangan past tepalikda oʻrnashgan boʻlib, qirgʻoqdan taxminan 10 m km va Qatar poytaxti Dohadan 15 km shimolda joy olgan. Minoralarning bir tomonida ulkan, zamonaviy uylar, ikkinchi tomonida esa vaqtinchalik qurilgan uylar bor. Shayx Jassim bin Muhammad Al Soniyning sobiq mustahkam uyi yoki baʼzan qal’a deb ataladigan hudud minoralar yonida joylashgan. Minoralar ortida yashil daraxtlar, hayvonlar va palma daraxtlari bilan toʻla noyob vohaga duch kelish mumkin[2][3].

Tuzilishi

tahrir

Barzan minoralari qalinligi bir metr boʻlgan devorlarga ega, ayniqsa poydevorida, ular tayanchlar bilan mustahkamlangan. Bir minora konus shaklidagi devorlarga, ikkinchisida esa ulkan va bahaybad zinapoyalarga ega. Bu devorlar marjon toshlarining bir-birining ustiga qoʻyilgan xom boʻlaklarini ohaktosh bilan birlashtirish va aralashtirish, keyin ikkalasini loy ohak bilan sementlash orqali qurilgan. Bu uslub qandaydir tarzda Zubara qal’asi devorlarini qurilishiga oʻxshab ketadi. Keyin devorlar quriganidan soʻng gipsli qatlam bilan qoplangan. Barzan minoralari toʻrt qavatli tomga ega. Birinchi qatlam bir qator „danchal“ yogʻoch ustunlardan iborat boʻlib, ular baʼzan himoya qilish uchun bitum bilan boʻyalgan. Keyingi „danchal“ ustunlari „basgijl“ qatlami, yaʼni toʻqilgan bambuk chiziqlar qatlami bilan qoplangan. Mangrov shoxlaridan ehtiyotkorlik bilan qurilgan toʻr, issiq yozda minoralarni quyoshdan himoya qilish uchun siqilgan loy qatlami bilan qoʻshilib ketadi. Minoralar, shuningdek, baʼzi tashqi xususiyatlarni ham eʼtiborga olgan, masalan, „majilis“ deb ataladigan mehmonlarni qabul qilish xonasi, havoni tozalash uchun derazalari boʻlgan L shaklidagi ayvon va namozxona sifatida ham foydalanilgan, bolalarga Qur’on oʻrgatish maktabi boʻlgan qism esa „madrasa“ deb atalgan. Anʼanaviy „marazimlar“ devorlarning sirt qatlamini himoya qiladi va choʻlda kuchli, ammo kamdan-kam uchraydigan momaqaldiroq va boshqa turdagi boʻronlar sodir boʻlganda yomgʻir suvini yerga tushirib yuborish uchun tomdan choʻzilgan yogʻoch kanallar sifatida bunyod etilgan. „Marazimlar“ odatda „majilis“ va masjid tepasida qurilgan[2][3].

Jadval

tahrir

Yakshanba, seshanba, payshanba kunlari minora tashrifchilar uchun 9:00 dan 17:00 gacha; juma kuni esa 12.30-17.00 gacha ochiq boʻladi. Kirish bepul, chipta talab qilinmaydi. Boshqa tomondan, Shayx Jassim bin Muhammed Ol Soniyning uyi, Umm Salal qal’alari va qal’alarning boshqa qoʻshimcha minoralari kabi atrofdagi bir qancha diqqatga sazovor joylar shaxsiy mulk boʻlgani uchun tashrif buyuruvchilar kirishi cheklangan[2][3].

Galereya

tahrir

Kattalashtirish uchun eskiz ustiga bosing.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Barzan Towers: Qatar Visitor“. Qatarvisitor.com. 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.. Qatarvisitor.com. Archived from the original on 2012-10-24. Retrieved 2012-11-16.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 >
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Barzan Towers :: Explore-Qatar.com“. Explore-qatar.com. 2012-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  4. Zahi Hawass. „أم صلال محمد.. تاريخ وتراث“ (Arabic). Asharq Al Awsat (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  5. R. Hawker. „Traditional Architecture of the Arabian Gulf: Building on Desert Tides“. WIT Press (2008-yil 10-iyun).

Havolalar

tahrir