Banjul
(Baterstdan yoʻnaltirildi)
Banjul, Baterst — Gambiyaning poytaxti, eng katta port shahri, savdo va sanoat markazi. Aholisi 135 ming kishi (shahar atrofi bilan, 1995). B. 1816-yil Sent-Meri o.da qurila boshlagan va unga Britaniya mustamlakalar ministri Baterst nomi berilgan va 1973-yilgacha shu nomda atalgan. 1965-yildan mustaqil Gambiyaning poytaxti. Oziq-ovqat (yer yongʻoq tozalash, yogʻ ishlab chiqarish, baliq konservalash) sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, taxta tilish zavodlari bor. Gambiya tashqi savdosi muomalasining deyarli hammasi B. orqali oʻtadi. Chetga yer yongʻoq, teri xom ashyosi va mum chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Xalqaro aeroport va oʻqituvchilar tayyorlovchi kollej bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |