Batirjan Smakov
Batirjan Amangeldiovich Smakov – (qozoqcha: Батыржан Амангелдіұлы Смаков; 1986-yil 13-sentyabr, Qaragʻanda, Mayqudiq tumani) – Qozogʻistondagi yagona kontratenor[1][2]. Qozoq milliy sanʼat universiteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi mudiri[3].
Batirjan Smakov qozoqcha: Батыржан Смаков | |
---|---|
Tavalludi |
1986-yil 13-sentyabr Qaragʻanda, Mayqudiq |
Kasbi | Dirijyor, opera xonandasi |
Faoliyat yillari | 2011-hozirgacha |
Guruhlari | Talabalar xori kapellasi |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Biografiyasi
tahrir"Qozoqkonsert" bilan „Ostona Opera“ teatrining maxsus taklif etilgan solisti, QazMUU aralash xorning badiiy rahbari va dirijyori. Shuningdek, Italiyadagi „Coro Lirico Perla Verde“ xor va Nyu-Yorkdagi „Global Music Partnership“ dirijyori[4].
U „Jas Darin“ (Qozogʻiston), „Tanisu“ (San-Marino), „Jumeirah Sounds“ (BAA), „Young Talents World Festival“ (Nyu-York) kabi xalqaro tanlovlar hakamlar hayʼatining hurmatli aʼzosi.
2011—2017-yillarda oraligʻida Italiyaning Osimo shahridagi Xalqaro opera akademiyasida xor dirijyorligi boʻyicha, soʻngra Pesaro shahridagi Joakkino Rossini nomidagi konservatoriyasida tahsil olgan va keyin qizil diplom bilan magistraturani tamomlagan[5].. 2016-yilda suriyalik bolalarga yordam berish uchun bir qator xayriya kontsertlaridan soʻng YuNESKOning Butunjahon rassomi unvoniga sazovor boʻldi.
2016—2017-yillarda Ostana Opera teatrida „Orfeyning qaytishi“ deb nomlangan ikkita yakkaxon konsert berdi[6][7].
2018-yilda Qozogʻistonning „100 ta yangi ism“ loyihasi gʻolibi boʻldi[8].
2020-yil 26-fevralda Nyu-Yorkdagi Karnegi Xoll kontsert zalida chiqish qildi[9].
2020-yil may oyidan Shabyt talabalar kinostudiyasi negizida „Shabit Music Hotel“ onlayn konsertlari muallifi[10].
2021-yil yanvar oyidan „Qozogʻiston Bastakorlar uyushmasi aʼzosi“.
2022-yildan „Qozogʻiston musiqachilar uyushmasi aʼzosi“.
2022-yil 21-iyulida Italiyaning Genuya shahridagi „Karlo Felice“ teatri sahnasida birinchi konsert boʻlib oʻtdi[11]. U dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan Italiya, Fransiya, AQSh, Misr, Iordaniya, Rossiya, Polsha, BAAda yakkaxon konsertlar berdi[12]. Qozoq musiqasini xorijda targʻib qilishda faol ishtirok etadi[13]. Uning portfelida toʻrtta diskografiya albomi bor.
Ilmiy ishlari
tahrirMukofotlar
tahrir- A.Baytursinov nomidagi oltin medal
- „Sankt-Peterburg bosh mukofoti“ laureati.
- Turindagi „Erta musiqa tanlovi“ laureati
- „YUNESKOning tinchlik rassomi“
- „Qozogʻistonning yuzta yangi yuzi“ milliy loyihasi gʻolibi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://forbes.kz/news/2017/06/10/newsid_146842
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ https://www.globalmusicp.com/batyrzhan-smakov.html
- ↑ https://baq.kz/news/othernews/dara-dauys-batyrzhan-smakov-turaly-ne-bilemiz/
- ↑ https://forbes.kz/news/2016/02/04/newsid_105440
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ https://www.carnegiehall.org/calendar/2020/02/26/young-talents-world-festival-of-performing-arts-2020-0730pm
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ https://dknews.kz/ru/politika/242293-iniciativy-kazahstana-i-muzyka-velikoy-stepi
- ↑ https://egemen.kz/article/198209-dara-dauys-iesi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1648421
- ↑ https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1682197
- ↑ https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1682208
- ↑ https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1674164