Battoniy Abu Abdulloh Muhammad ibn Jobir
Battoniy Abu Abdulloh Muhammad ibn Jobir (858 — Batton (Suriya) — 929) — falakiyotshunos va riyoziyotchi. Raqqa va Bagʻdodda ijod qilgan. Yevropada Albategnius nomi bilan mashhur. "Sinuslar jadvali tuzishning mavhum usullari bayoni" ("Tajrid usul tarkib al-juy-ub"), "As-Sabiy ziji" ("Az-Zij as-Sa-biʼ") kabi asarlari maʼlum. B. "As-Sabiy ziji"da 1/2 dan oralatib kotangenslar jadvalini bergan. Unda Quyosh va Oyning qaramaqarshi turish jadvali, 273 ta joyning geografik koordinati, 533 ta yulduzning jadvali va b. ham berilgan. Bu asar Yevropada ham trigonometriya fani rivojiga katta hissa qoʻshdi. Oyning koʻrinadigan tomonidagi bitta krater B. nomi bilan atalgan.
Ad:. Matviyevskaya G. P., Rozenfild B. A., Matematika i astronomiya musulmanskogo srednevekovya i ix trudoʻ (VIII — XVII vv.), M., 1983; Borodin A. I.,Bugay A. S, Voʻdayuhiyesya matematiki, Kiyev, 1987.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |