Bavurchi
Bavurchi, bovurchi – oʻrta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. XIV asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul maʼnosida ham qoʻllangan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pogʻona past mansab hisoblanganligini Boburning soʻzlaridan bilish mumkin: „Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga yetkurub erdim“ („Boburnoma“, 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qoʻllangan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |