Baxillik — axloq tushunchasi. Biron shaxsning oʻsishini, darajasi, obroʻ-eʼtibori oshishini, yutugʻi, isteʼdodi va boshqalarni ich-ichidan koʻra olmaslik. Baxillik shaxsiyatparast, xudbin va koʻngli qora kishilarga xos xususiyat boʻlib, odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarga salbiy taʼsir qiladi, ularni buzadi, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatga putur yetqazadi, jaholatni kuchaytiradi. Baxil kishilar boshqalarni koʻrolmaganligidan tashqari, ularning baxtsizligi, notinchligini istaydilar. oʻzgalarning muvaffaqiyatsizligidan, notinchligidan mamnun boʻladilar. B.ka azaldan yomon nazar bilan qaralgan, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida, hikoya, ertak va dostonlarda u eng yaramas odat sifatida tasvirlangan. Qurʼoni karim va hadislarda ham B. hamma harom ishlarning va yaramas xulklarning boshi sifatida qoralangan, saxiy, himmatli, muruvvatli, feʼli keng inson boʻlishga daʼvat etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil