Baxit Sarsekboyev
Baxit Abdurahmonovich Sarsekboyev (1981.29.11, Chirchiq) -bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002). „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). Chirchiqdagi Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtini tugatgan (1999). 63,5 kg vaznda Oʻzbekiston chempioni (2001, 2002), Osiyo chempioni (2002, Serembran), AfroOsiyo oʻyinlari gʻolibi (2003, Haydarobod) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchisi (2004-yil).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |