BaxmozorsoyJizzax viloyati Baxmap tumanitsat soy. Sangzor daryosining chap irmogʻi. Qoratepa togʻi (Turkiston tizmasi)ning shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 21 km, suv toʻplash maydoni 44,6 km3, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,52 m³/sek. B. asosan buloqsuvlaridan, bahorda qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri martning oʻrtalaridan iyulning urtalarigacha davom etadi. B.da aprel, may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 2,5 m’/sek, baʼzan 3,0 m³/sek ga yetadi. B. koʻpincha kuz va qishda qurib qoladi. Bahorda soy oʻzanidan baʼzan sel keladi. B. havzasining togʻli qismida oʻtloq va archazorlar bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil